CHIGITLI PAXTADA TARKIBIDAGI MAYDA IFLOSLIKLAR MIQDORI VA RANG BЕLGILARI ASOSIDAGI STATISTIK TAHLILI

Sirojiddinov F. N

Annotatsiya

Maqolada chigitli paxtada uchraydigan mayda iflosliklarni miqdoriy baholash va ularning vizual xususiyatlarini raqamli shaklda ifodalash masalasi tahlil qilinadi. Dastlabki materialdagi 1- va 3-na v paxtaga oid 24 ta kuzatuv qayta statistik ishlandi. RGB , HEX va HSL rang modellaridan tasvir asosida paxta tolasi hamda mayda iflosliklarni ajratishda foydalanish imkoniyatlari ko‘rib chiqildi. Zamonaviy adabiyotlar asosida obyektlarni aniqlash, segmentatsiya, NIR-spektroskopiya va giperspektral tasvirlash usullarining istiqbollari muhokama qilinadi.